Yangiliklar
07/30/2025Yuborgan hisobotingizga qayta hisobot (Перерасчет) qilsangiz jarima tushish mumkinligi haqida o'ylab ko'rganmisiz?
Agar siz ushbu moddaga asosan qayta hisobot (Перерасчет) qilsangiz, hisobotingizdagi soliq summalari kamaysa, va agar siz uni asossiz kamaytirgan bo'lsangiz Soliq kodeksi 223-moddasi 2-qismiga asosan yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi (20%) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Lekin Soliq kodeksi 83-moddasi 4-qismida javobgarlikdan ozod qilish mumkin bo'lgan holat ham bor:
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliqni to‘lash muddati o‘tgandan keyin taqdim etilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bir paytning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinadi:
1. Aniqlashtirilgan soliq hisoboti u hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelgan holatlar soliq organi tomonidan aniqlanganligini yoki soliq auditi tayinlanganligini bilgan paytga qadar taqdim etilgan bo‘lsa;
2. Aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgunga qadar u yetishmayotgan soliq summasini va unga tegishli penyalarni to‘lagan bo‘lsa.