Yangiliklar

09/08/2025

Soliqlarni optimallashtirish nima?

Soliqlarni optimallashtirish bu qununchilikga asosan belgilangan soliq imtiyozlaridan to’g’ri foydalanish va imtiyozlarni soliq hisobotlarida to’g’ri shakllantirish.

Bu jarayonda:

  • Faoliyat turiga asosan qo’llanilishi mumkin bo’lgan soliq imtiyozlarini bilish;
  • Joylashgan yuridik manzil bo’yicha qanday qoliq imtiyozlari borligini bilish;
  • Soliq to’lovchisi maqomidan va daromadidan kelib chiqib imtiyozlarini qo’llash;
  • Eksport va import faoliyatini amalga oshirmoqchi bo’lgan soliq to’lovchilar import qilayotganda va eksport qilayotgan mahsulotlari bo’yicha soliq imtiyozlari va bojxona imtiyozlari borligini bilish;
  • Faoliyat turidan kelib chiqib IT-Park rezidenti bo’lish;
  • Xodimlari uchun JSHODS bo’yicha ham qanday soliq imtiyozlari borligini bilish;
  • AOS to’lovchisidan QQS to’lovchisi bo’lgan soliq to’lovchilar foyda solig’i va QQS bo’yicha imtiyozlari borligini bilish;
  • O’zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan qabul qilinadigan yangi qonun doirasida farmonlar va qarorlarga asosan YaTT va yuridik shaxslar uchun berilayotgan soliq imtiyozlaridan oqilona foydalanish.

Soliq imtiyozlari — soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Muhimi: Soliqlarni optimallashtirish har doim qonuniy bo‘lishi shart. Soliq to‘lashdan qochish (yashirish) bilan bu tushuncha aralashmasligi kerak.

Soliq bazasini yashirish, soliqlarni kamaytirish ortiqcha soliq jarimalari va to’lovlariga olib kelishi mumkin!

Soliq bazasi va soliq solish obyekti nima?

Soliq bazasi — soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq bazasining miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq obyektidan ruxsat etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, soliq bazasi soliq obyektidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Masalan, soliq to‘lovchiga soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunday sharoitda soliq bazasi soliq obyektidan kichik bo’lishi mumkin.

Soliq obyekti — soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq obyekti sifatida foyda yoki daromad, muayyan tovarlarning qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliq obyekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’-naviy boyliklarning ayrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq subyektlarining huquqlarini soliqqa tortishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq obyekti qilib albatta unga mulkiy huquqqa ega bo‘lgandagina yuzaga chiqadi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki egasiz imoratga nisbatan soliq subyekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan taqdirda ham soliq obyekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo‘lgan mulkiy huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq obyekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.

Agar siz soliqlaringizdan qanday imtiyozingiz borligini, soliq imtiyozlaridan foydalanishni va soliqlarni kamroq to’lashni xohlasangiz bizga murojaat qiling.

Boshqa yangiliklar