Yangiliklar
06/17/2025Nima uchun kompaniyalar buxgalteriya hisobini autsorsingga o‘tkazmoqda
Jumladan, Outsourcing xizmat turlari bugun jadal ommalashib kelayotgan jabhalardan biriga aylanmoqda. Bundan 10 yil avval bu sohani ko‘pchilik eshitmagan ham edi. G‘arbda keng ko‘lamda tarqalgan bu faoliyat turi o‘z ichiga juda ko‘p yo‘nalishlarni qamrab oladi. Misol uchun, buxgalteriya hisobini yuritish ham outsourcing yo‘nalishida o‘ziga xos xizmat ko‘rsatish shaklini oldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Har qanday kompaniyaning eng qimmat resursi bu – xodimlardir. To‘liq ish vaqtida qatnashuvchi va tajribali xodimlar jamoasini yig‘ish muayyan qiyinchiliklar bilan erishiladi. Ammo, qo‘shimcha pul va vaqt sarflamasdan ham bu muammoni yechish mumkin. Buxgalteriyadagi outsourcing xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar qo‘shimcha shtatlar va mablag‘lar talabisiz buxgalteriya hisobi bilan bir qatorda korxonaning ko‘plab xizmatlarini yuritib berishi mumkin.
Buxgalteriya hisobini outsourcing firmalariga berganingizdan so‘ng, ular turli ta’tillar, dam olishlardan xoli ravishda ishlaydi. Shu bilan birga, ofis jihozlari, aloqa vositalari, printer va kompyuterlar, ofisdagi joy, transport hamda kuryerlik xizmatlari xarajatlaridan saqlaydi.
Outsourcing xizmatidan foydalanish juda ham qulay. Shu bois ham biznesni o‘ziga xos yuqori san’at darajasiga olib chiqqan AQShda bu xizmat nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Turli kompaniyalar xodimlar izlash, ularga ish o‘rgatish va hujjatlashtirish muammolarini outsourcing firmasi bilan hal qilib, bevosita o‘zining ishi bilan bog‘liq muhim masalalarga vaqt va mablag‘ ajrata boshlaydi.
Outsourcing buxgalteriyasi yollanma buxgalteriyadan farqli ravishda, buxgalteriyani qisman yoki vaqtincha topshirish emas, uzoq muddatga shartnoma asosida hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi. Ma’lumotlar bo‘yicha xorijda shtatdagi xodimlarni ta’minlashdan ko‘ra outsourcing xizmatlaridan va ayniqsa, buxgalteriya outsourcing xizmatlaridan keng foydalanilmoqda. Masalan, bu ko‘rsatkich Belarusiyada – 30%, Yevropada – 86%, AQShda – 92%, Isroilda bo‘lsa, 96% ni tashkil etadi.
O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bugungi kunda buxgalter maoshi qancha? To‘g‘ri, anchagina. Buning ustiga korxona kichik faoliyat turi bilan shug‘ullansa, buxgalterning ertalabdan kechgacha hisob yuritishiga hojat ham bo‘lmaydi. Yoki aytaylik, shtatdagi buxgalter ayrim sabablarga ko‘ra ishdan ketayotgan bo‘lsa, buxgalteriyani kimga ishonib topshirsa bo‘ladi? Bunday murakkab holatda qanday yechim bo‘lishi mumkin? Javobi oddiy – buxgalteriya outsourcingi. Shu sababli so‘ngi yillarda ko‘plab tashkilotlar xodimlarning ish faoliyatini kuzatish, hisobotlar olib borish kabi muammolarni chetlab o‘tib, outsourcing kompaniyalarga murojaat etmoqdalar.