Autsorsing nima?
Nashr qilingan
09.05.2023
O'qish vaqti
1 min
Teglar
Autsorsing

Buxgalteriya xizmatlari autsorsingi buxgalter funksiyalarini chet tashkilot mutaxassislariga topshirishni ko‘zda tutadi. Kompaniya rahbari ko‘proq vaqtini biznes va uning rivojiga ajratadi, kamroq soliq to‘laydi, mayda ishlar bilan shug‘ullanmaydi — bularning barchasini boshqa tashkilotning malakali xodimlari bajaradilar. Kompaniyalar asosan xarajatlarni qisartirish uchun autsorsingga o‘tadilar.
Autsorsing bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi kompaniya shartnomada keltirilgan funksiyalar uchun javobgarlikni zimmasiga oladi.
Autsorsingga o‘tish rahbarga kengroq (xalqaro) ko‘lamda ishlash imkonini beradi. Buning uchun ko‘p sonli xodim yollashga hojat yo‘q, autsorsing kompaniyasining mutaxassisi bir necha xodim o‘rnini bosishi mumkin.
Shuningdek, autsorsingga o‘tish yordamida unumdorlikni oshirish va xarajatni qisqartirish mumkin, bu kompaniya faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Odatda autsorsingni tanlagan kompaniyalarning maqsadi quyidagicha bo‘ladi:
- - biznesning asosiy yo‘nalishiga e’tiborni jamlash;
- - o‘z xizmati sifatini oshirish;
- - boshlang‘ich bosqichda professional yordam olish.
Bunda istalgan ko‘lamga ega kompaniya buyurtmachi bo‘lishi mumkin. Autsorsing kompaniyasini tanlashda eng asosiysi — o‘z biznesining xavfsizligi uchun ishonchli hamkorga ega bo‘lish. Xodimlarning ekspertlik darajasiga, tajribasiga va boshqa kompaniyalar mulohazalariga e’tibor bergan ma’qul.