Buxgalteriya va uning tashkilotni boshqarish tizimidagi roli
Nashr qilingan
09.05.2023
O'qish vaqti
1 min
Teglar
Buxgalteriya

Har qanday biznes xarajatlar va daromadlar nazoratiga muhtoj. To‘g‘ri tashkil etilgan nazorat jarayonisiz biznesni yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalar tuzish imkonsiz bo‘ladi. Bunday nazoratni amalga oshirish uchun esa buxgalteriya talab etiladi.
Har qanday yirik tashkilot yoki kichik XTda buxgalteriya hisobi — bu korxonaning faoliyatini va moliyaviy ahvolini nazorat qiluvchi uzluksiz jarayon sanaladi. Bunda hisob hujjatlangan tarzda yuritilishi va moliyaviy xarakterga ega barcha harakatlar buxgalteriya hujjatlarida aks etishi lozim.
Tashkilotning kelgusi faoliyatini o‘tgan davrlar uchun tahliliy ma’lumotlarni inobatga olmay rejalashtirib bo‘lmaydi. Ushbu ma’lumotlar tufayli kompaniyalar rahbarlari o‘z strategiyalarini qurishlari yoki mavjud strategiyani o‘zgartirishlari mumkin. Shu sababli har qanday tashkilot boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi katta rol o‘ynaydi.
Buxgalteriya yuritilishi tufayli Byudjetga ajratmalarning o‘z vaqtida amalga oshishi, hamkorlar va pudratchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblar ustidan nazorat yuritish mumkin. Bu ma’lumotlarni balansda hamda korxonaning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarda aks ettirish zarur.
Bizning davrimizda buxgalteriya hisobisiz biznesni yo‘lga qo‘yish va yuritish imkonsiz. Yirik tashkilotlarda buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot va tahlil bilan turli mutaxassislardan iborat butun boshli bo‘lim shug‘ullanadi. Buxgalteriya tashkilot boshqaruv tizimida asosiy rolni o‘ynaydi va uzluksiz takomillashuvni talab qiladi.