Buxgalteriya autsorsingining afzalligi

Nashr qilingan

09.05.2023

O'qish vaqti

2 min

Teglar

Autsorsing

Kompaniyaning autsorsingga o‘tishi to‘g‘risidagi qarorni bevosita rahbar qabul qilishi lozim. Chunki ko‘plab tashkiliy masalalar, biznes-funksiyalar, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishni autsorsing kompaniyasi o‘z zimmasiga oladi.



Shunday ekan, buxgalteriya autsorsingining afzalligi nimada va nega bu yo‘nalish ommalashib bormoqda?



1. Tezkor samaradorlik



Buxgalteriya autsorsingi — bu tajribali va malakali xodimlarni o‘z ichiga oluvchi mexanizm: bosh buxgalter, konsultant-buxgalter, auditor, kadrlar bo‘limi boshlig‘i va boshqa mutaxassislar — ular buxgalteriyaning barcha jabhalarida uzviy nazorat yuritadilar.



2. Kadrlar bilan muammo yo‘qligi



Kompaniya autsorsingga o‘tganda shtatga buxgalter yollash zarurati qolmaydi. Rahbar “buxgalter kasal bo‘lib qoldi”, “dekretga chiqdi”, “ta’tilda bo‘lgani uchun maoshni o‘tkazmadi” va hokazo muammolardan xoli bo‘ladi.



3. Hisob sifati



Bu afzallik eng asosiysi sanaladi. Qanday qilib autsorsing kompaniyasining har bir mijozi sifatli buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatiga ega bo‘ladi? Gap shundaki, xizmat ko‘rsatish sifati turli sohalarda keng bilimlarga ega malakali xodimlar, vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanishi, hisob jarayonlarining avtomatlashuvi kabi tarkibiy qismlarga bog‘liq bo‘ladi.



4. Tarif asosida to‘lov



Autsorsing kompaniyasining mijozi har doim qanday xizmatni, qanday hajmda va qaysi tarifga ko‘ra buyurtirganini, bu qancha turishi va shu pulga nimalarga ega bo‘lishini bilib turadi.



5. Moliyaviy kafolatlar



Har bir yirik autsorsing kompaniyasi o‘z kasbiy javobgarligini sug‘urtalashi lozim. Sug‘urta autsorserning ehtimoliy xatosi tufayli mijoz pul yo‘qotmasligi uchun zarur. Aytish mumkinki, buxgalteriya autsorsingining odatiy shtatli buxgalterga nisbatan asosiy afzaligi ham shunda.